Tadbirkor

Ushbu kitob Davlat ijtimoiy buyurtmasiga asosan yoshlarni tadbirkorlikka oid bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida yaratilmoqda

Kitob mundarijasi
Tadbirkorlik o'zi nimaga kerak?
  • Tadbirkor davlat.
  • Tadbirkor jamiyat.
  • Tadbirkor iqtisodiyot.
  • Tadbirkorlik innovatsiyalar.
Tadbirkorning shaxsiyati
  • Biznes g‘oyalar qanday keladi.
  • Uni qanday qilib boshlaydi.
  • Liderlik.
Tadbirkor menejer
  • Bozor analitikasi.
  • Narx siyosati.
  • Operatsion xarajat nazorati.
  • Boshqaruv: CRM, sotuv, IT bo‘lim.
  • Korporativ madaniyat.
  • Networking.
  • Biznesni investorga tayyorlash.
Kitobdan iqtiboslar
  • Bu kitobni Oʻzbekistonda tadbirkorlik qilmoqchi boʻlganlar va tadbirkorlar uchun yozmoqdaman. Odatda chet eldagi biznes kitoblar tajribali tadbirkorlarga foydali boʻladi. Shuningdek, ulardagi keyslari bizdagi oʻzbek muhitiga moslanmagan. Oʻylab koʻrsak oʻzbek tilida biznes haqida fundamental bilimlarni beradigan kitoblar yoʻq ekan. Shu uchun bu kitobda biz biznesning nima ekanligi, uning asoslari haqida amaliy va nazariy bilimlarni ochib bermoqchimiz. Umid qilamizki, hamma uchun foydali kitob boʻladi.
  • Bogʻcha, maktab, oliy taʼlim, meditsina, umumiy davlatni inson resurslariga investitsiyasini oʻzingiz faraz qilishingiz mumkin. Masalan, 2023-yilda birgina xalq taʼlimi vazirligini oʻziga byudjetdan 27 trillion soʻm ajratildi. Bu hukumat boshqaruvi ostida xalqning inson resurslariga qilgan investitsiyasi desak ham boʻladi. Endi mehnat yoshiga yetgan fuqaro iqtisodiyot uchun qoʻshimcha qiymat yaratmasligi qilingan investitsiyaning nolga tenglashuviga olib keladi. Shu uchun ham har bir fuqaro mehnat bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlishi, iqtisod uchun qiymat yaratadigan shaxsga aylanishi muhim hisoblanadi.
  • Aynan biznes mamlakatni boy qiladi, ijtimoiy soha ham biznes toʻlagan soliqlar evaziga rivojlanadi. Biznes oʻzi boy boʻlib, bu orqali xalqni ham, davlatni ham boy qilishi mumkin.
  • Masalan, oddiy bir oyoq kiyim tikuvchisini yakka tartibdagi tadbirkor deb olsak, u avvalo sizning oyoq kiyim muammongizni yechib, shu orqali daromad qiladi.
  • Biznes muammo yechadi va shuning ortidan daromad qiladi. Agar biznes rivojlanib borsa, jamiyat hayotidagi koʻplab muammolar biznes tomonidan zanjir boʻlib yechilsa bu mamlakatni qanchalikni yuksaltirishini, hukumat ishini qanchalik osonlashtirishini faraz qilib koʻring.
  • Endi soliq toʻlash, ish oʻrni yaratish va innovatsiya qilishdan tashqari bugun biznes global muammolar yechimiga ham qatnashishga majbur boʻlmoqda. Tarixda birinchi marta global muammolarni yengib oʻtish uchun biznes davlat yoki xalqaro tashkilotlardan koʻra muhimroq rol oʻynaydi.
  • Tarixan Buyuk Ipak yoʻli sabab Markaziy Osiyoning yirik shaharlarida tadbirkorlik keng rivojlangan boʻlgan. Biz xalqaro savdoda muhim rol oʻynaganmiz. Buxoro, Samarqand va Xivaning Buyuk Ipak yoʻli markazida joylashganiga bu hududda savdo va hunarmandchilikning gullab yashnashiga olib kelgan. Tariximizda boʻlib oʻtgan katta urushlar va notinchliklarga qaramasdan tadbirkorlik boylikning asosiy manbalaridan biri boʻlib qolgan.
  • Talab va taklif qonuni bexato ishlashi uchun raqobatbardosh erkin bozor amal qilishi juda muhim. Shunda talab va taklif qonuni Shveysariya soatlaridek bexato ishlaydi.
  • Oʻzbekistonda kichik biznes rivoji uchun yirik investitsiyalar kerakligi bor narsa, lekin bu investitsiya taqsimoti bozor qonunlari asosida adolatli boʻlishi kerakligini hech qachon esdan chiqarmaslik kerak.
  • Ish jarayonga kirishgan sari jarayonlar mukammallashib boradi. Tajriba va xato yoʻli bilan biznes birma-bir oʻzgarishlar qiladi. Yakunda mana shu oʻzgarishlar umuman dunyoda nostandart yechimga aylanishi mumkin.
  • Biznesning asosiy maqsadi daromad olish, raqobatbardosh bozorda daromad olish uchun boʻlsa boshqalardan ustunlikka ega boʻlish kerak. Innovatsiyalar mana shu ustunlikka asos boʻlishi mumkin.
  • Bizda asosiy eʼtibor arzon mehnat kuchi yaratishga emas, yuqori ilmli, zamonaviy dunyoga moslashuvchan kadrlar yaratishga qaratilishi kerak.


  • Innovatsiyalar, umuman biznes yangiliklar orqali ham mamlakatni, ham iqtisodiyotni, ham jamiyatni oʻzgartirishi uchun muhim shartlar qonun ustuvorligi, sifatli infratuzilma, shuningdek adolatli raqobatbardosh muhitdir.
  • Biznes doim oʻzgarishga, yuqori daromad manbasi qidirishga majbur. Biznesda dastlabki gʻoya eskirishi, daromad va maqsad yoʻlida strategiya oʻzgarib borishi tabiiy hisoblanadi.
  • Filmlar va OAV bugun bizga supermen obrazini sotishni yaxshi koʻradi. Nimadir boʻlgan-u, kimdir qaysidir super qobiliyat evaziga muvaffaqiyatli, aqlli, boy yoki mashhur boʻlib qolgan. Bu obraz yaxshi sotilishiga sabab, qahramonlar hech qanaqa qiyinchiliksiz ajoyib natijaga erishishadi.
    Ammo, real hayotda bunaqa narsa hech qachon sodir boʻlmaydi. Bularning hammasi shunchaki siz eshitishni yoqtiradigan shirin ertakdir.
    Xohlagan muvaffaqiyatli tadbirkor, sportchi, olim yoki shou biznes vakilidan soʻrang, maqsadga erishguncha orqada qancha muvaffaqiyatsizlik, mehnat, qiyinchiliklar yotganligini aytib beradi.
  • Tadbirkor odatda kelajakka ishonib, umid qilib, oʻsha umid ustida biznes quradi. Agar kelajakda daromad olishiga ishonch boʻlmasa, shuncha harakat va investitsiya nimaga kerak. Lekin, mana shu optimizm koʻpincha keragidan ortiq boʻlib ketib qoladi. Bunga misol qilib yangi biznes ochadigan tadbirkorlarni koʻrish mumkin. Hatto tajribali tadbirkorlar ham yangi biznes boshlaganda juda optimist boʻlib ketishadi. Ularning xayolida hozir biznes ochadi, natija tez keladi va hammasi yaxshi boʻlib ketadi. Amalda boʻlsa, natija uzoq kuttirishi mumkin.

Muallif

Allayev Firuz Abdunasimovich

1989-yil 7-iyul kuni Buxoro viloyatida tug’ilgan.
O’zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining tarjimonlik fakultetini va Fransiyaning Oliy siyosiy tadqiqotlar instituti Xalqaro aloqalar fakultetini tugatgan.
2015-yilda O’zbekistondagi ilk internet do’kon www.asaxiy.uz ga asos solgan.
2018-yilda O’zbekistonda kitob bozorini rivojlantirish uchun “Asaxiy Books” loyihasiga asos soladi. Loyiha doirasida 30dan ortiq kitob ilk marotaba o'zbek tilida chop etilgan.
Bugungi kunda 100 dan ortiq ish o’rni yaratgan tadbirkor hisoblanadi.
Mukofotlari:
Tahsin mukofoti
Mustaqillikning 30 yilligi ko’krak nishoni
Shuhrat medali
Telegramda biznes haqida @allaevuzb kanalini yuritadi.

Loyiha tashkilotchilari
Aloqa uchun:
Tel.: +998 78 113 04 03
E-mail: yoshtadbirkor@exat.uz
Manzil: Toshkent sh., Chilonzor t., Qatortol 60B-uy
Ijtimoiy tarmoqlarimiz: